Sangin havo hujumi | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
|
2010-yilgi Sangin havo hujumi atamasi 2010-yil 23-iyuldagi Afgʻonistonning Hilmand viloyati hududida joylashgan Sangin qishlogʻida koʻplab tinch aholi vakillarining bevaqt oʻlimi va jarohatlanishiga sabab boʻlgan NATO hujumiga nisbatan ishlatiladi.
Afgʻoniston hukumati vertolyotdan uyushtirilgan raketa hujumi oqibatida 52 nafar tinch aholi vakillari halok boʻlganini iddao qilgan[1]. Koʻplab tinch aholi vakillari, jumladan bolalar ham jarohatlangan va Qandahor kasalxonasiga olib kelingan[2][1][3]. Bir necha hafta davomida AQSh harbiylari va Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti (NATO) rasmiylari ushbu hodisa boʻlganini rad etib kelishdi[4].
Kobulda 200dan 400 nafarga yaqin odam havo hujumida halok boʻlganlarning suratlarini koʻtargan holda tinch aholining chet el qoʻshinlari tomonidan oʻldirilishiga norozilik bildirib koʻchalarga chiqishdi[5][6].
Karzay hukumati voqea joyiga oʻz tergovchilarini yuboradi. Ular raketa zarbasi oqibatida 39 nafar tinch aholi halok boʻlgan, degan xulosaga kelishadi. Ushbu raqam dastlab xabar qilingan 45-52 nafardan ancha kam edi. Tergovchilarning xulosasiga koʻra, halok boʻlgan 39 kishining barchasi ayollar va bolalar edi.
© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search